SHASHKA BILIMDONI" AKADEMIK LITSEY LIGASI G'OLIBLARI JARAYONIDAN

❇️ 2023-yil 7-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 02/01/05-35-sonli xati ijrosi bo’yicha akademik litsey o’quvchilari o’rtasida "SHASHKA BILIMDONI" musobaqasining akademik litsey ligasi bosqichi yuqori kayfiyatda o'tkazildi. 

 Musobaqani YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, musobaqa ishtirokchilariga qonun-qoidalarni batafsil tushuntirib o’tdi.  4 tur doirasida o'tkazilgan o’yin natijalariga ko’ra “Shashka bilimdoni” akademik litsey ligasi g’oliblari quyidagilar:

1- o'rin: Aliyev Bekzod Umidjon o’g’li  (7-22-gr);
2- o'rin: To’ychiboyeva Umida Xislat qizi (4-23-gr);
3- o'rin: Farxodov Ismoil Baxodirovich (7-23-gr);
4- o'rin: Serikbayev Ablayxan Jandos o'g'li (2-23-gr).

Shahar bosqichiga yo'l olgan 1-o'rin sohiblarini litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz va keyingi bosqichga omadlar tilab qolamiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech