"ZAKOVAT" TO'GARAGI QISHGI MAVSUM 4-SONI JARAYONIDAN

⭕️ 2023-yil 7-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsumning 4-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

 To'garakda 6 ta jamoa “Everest” (1-23-gr), “Infinity” (2-23-gr), "Osmondagi bolalar" (4-23-gr), “Elites” (5-23-gr), “Tafakkur” (6-23-gr), “Родные” (7-23-gr) jamoalari ishtirok etdi.

 O'yinning 3 ochkoli “Blits-savol” raundidagi 3 ta savolning barchasiga to’g’ri javob bergan “Elites” hamda “Osmondagi bolalar” jamoalari o’z jamoasiga 3 ochkoni yozdi.  

Jamoalarning 4-sonida to’plagan ochkolari:  

"Everest”-1 ; 
“Tafakkur”-2;
“Infinity”- 3;
“Elites”-4;
" Osmondagi bolalar "-5; 
6 ochko bilan "Родные" -  Sardor Zokirov jamoasi o’yin g’olibiga aylandi.

 O'yinning keyingi sonlariida ko'rishguncha.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech