SHAXMAT BILIMDONI" AKADEMIK LITSEY LIGASI (5-TUR) G'OLIBLARI JARAYONIDAN
2023-yil 6-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 12-sentabrdagi 01/05-14-sonli xati ijrosi bo’yicha akademik litsey o’quvchilari o’rtasida "SHAXMAT BILIMDONI" musobaqasining 1-2-kurslar o'rtasidagi 5-tur Final bosqichi yuqori kayfiyatda o'tkazildi.
Musobaqada kuchlilar bir-biri bilan dona surdi. Uzoq davom etgan o’yin natijalariga ko’ra “Shaxmat bilimdoni” akademik litsey ligasi g’oliblari quyidagicha aniqlandi.
1- o'rin: Sidiqov Asadbek Azamat o'g'li (5-22-gr);
2- o'rin: Ortiqboyeva Jayrona Mirzajon qizi (6-23-gr);
3- o'rin: Rasulov Dilmurod Soyibek o'g'li (5-22-gr);
4- o'rin: Erkinov Behruz Maxsud o'g'li (2-22-gr);.
Shahar bosqichiga yo'l olgan 1-o'rin sohiblarini litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz va keyingi bosqichga omadlar tilab qolamiz.