⭕️ Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Bunyod Abduxalilovich Radjabovning akademik litseyda tashrifi jarayonidan

 2023-yil 6-oktabr kuni TDTrU akademik litseyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Bunyod Abduxalilovich Radjabov tashrif buyurdi. 

 Tashrif davomida boshqarma boshligʼi ta'lim muassasasida vazir konsepsiyasida berilgan topshiriqlar ijrosi, kuz-qish mavsumi, o'quvchilar-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Muassasadagi ovqatlanish joyi, sport zal, zamonaviy jihozlangan komputerxona, 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan to'garak xonalarini ko‘zdan kechirib, o'quvchilar uchun sifatli ta'lim berish borasida mas'ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech