AKADEMIK LITSEY JAMOASI TASHQI TURIZM BO'YICHA NAVQIRON SAMARQAND SHAHRIDA
TDTrU akademik litseyining bir guruh o'qituivchi va o'quvchilari ishtirokida tashqi turizmni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekistonning go'zal va navqiron Samarqand shahrida sayohat amalga oshirildi.
✅ Sayohat davomida mas'ullarning nazorati ostida Samarqandning ko'zga ko'ringan qadamjolari Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim majmualari ziyorat qilindi.
❇️ O'quvchi-yoshlarning qiziqishlari natijasida boshqa qadamjolar ham ziyorat qilindi, yaxshi niyatlar ila duolar qilindi. Ziyoratdan barcha katta taassurot bilan qaytdi.
♻️ Bunday tashqi turizmlar o'quvchilarni buyuk va aziz tarixiy joylarga, ziyoratgoh qadamjolarga bo'lgan mehr-muhabbatini, tarixiy joylarni bilishga, ularni asrab-avaylash burchini shakllantirishga xizmat qiladi.